Bugun 9 may, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiyada eng ko‘p sotiladigan avtomobil qaysi?

Avto / Xorij A A A
Rossiyada eng ko‘p sotiladigan avtomobil qaysi?

2019 yil avgust oyining oxirida Rossiya avtomobil bozorining eng mashhur modeli Lada Granta bo‘ldi. Bu haqda «Avtostat» tahlil agentligi xabar berdi.

Hisobot davrida Rossiyada 11132 dona Lada Granta sotilgan. Bu 2018 yil avgust oyiga nisbatan 60 foizga ko‘p. Ikkinchi eng ommabop avtomobil – Lada Vesta. Uning avgustdagi savdosi 10 foizga o‘sib, 9329 donaga yetdi.

Uchlikni Janubiy Koreyaning KIA Rio avtomobili yakunladi. Ushbu modelning sotuv ko‘rsatkichlari 6989 dona. Bu o‘tgan yilga nisbatan 11 foizga kam degani.

Shuni ta’kidlash kerakki, 2019 yil avgustida AvtoVAZ Rossiyada qolgan avtokompaniyalar orasida eng ko‘p – 30012 Lada rusumli avtomobillarni (+4,5%) sotdi.

Eslatib o‘tamiz, 2019 yilning dastlabki sakkiz oyida Rossiyada Lada dilerlari 233 684 dona avtomobil sotgan, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 2,5 foizga ko‘p.

Kiritildi: 08:08 06.09.2019. O'qildi: 3070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!