Ukraina tun davomida Rossiya hududidagi bir nechta ob’ektga zarba berdi.
Oryol viloyati gubernatori Andrey Klichkov raketa hujumi oqibatida Sovet tumanidagi korxonalardan birining ishlab chiqarish binolari zararlanganini ma’lum qildi. ASTRA nashriga ko‘ra, zarba oqibatida "Proton" optoelektronika zavodida katta yong‘in chiqqan.
Shuningdek, Saratovdagi neftni qayta ishlash zavodi va Rostovdagi "Almaz" korxonasi yaqinida ham yong‘inlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar tarqaldi.
Saratov viloyati gubernatori dron hujumi oqibatida fuqarolik infratuzilmasi zararlangani va jabrlanganlar borligini ma’lum qildi.