Orenburg viloyatida 54 kishi qo‘lbola alkogoldan zaharlandi, ulardan 26 nafari vafot etdi. Bu haqda RIA Novosti viloyat sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslanib xabar bermoqda.
Avvalroq Tergov qo‘mitasi etil spirtini noqonuniy ishlab chiqarish va muomalaga kiritish (Jinoyat kodeksining 171.3-moddasi 1-qismi), xavfsizlik talablariga javob bermaydigan tovarlarni sotish moddalari bo‘yicha beshdan ortiq jinoyat ishini ochgandi.
Xavfsizlik kuchlari qo‘lbola alkogol ishlab chiqarish va sotishda gumon qilingan olti kishini qo‘lga oldi. Viloyat hukumati mahalliy aholiga tergov tugaguniga qadar spirtli ichimliklardan voz kechishni maslahat berdi.