Bugun 25 dekabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Rossiyada 5 nafar O‘zbekiston fuqarosi yonib ketdi

Rossiya Federasiyasining Tatariston bo‘yicha Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lumotlaiga ko‘ra, joriy yil 24 dekabr ertalab soat 3:00 larda Tatariston Respublikasida Yelabuga munisipal tumanida joylashgan «MIR» chorvachilik fermasining inshootida yong‘in sodir bo‘lgan.

Yong‘in oqibatida 5 nafar O‘zbekiston fuqarolari (A.B. 1976 y.t., X.X., 1965 y.t., J.U., 1970 y.t., B.N., 1995 y.t. va S.D., 2002 y.t.) halok bo‘lgan.

"O‘zbekiston Respublikasining Qozon shahridagi Bosh konsulxonasi halok bo‘lganlarning oila a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

Ushbu holat Bosh konsulxona nazoratiga olinib, tezkor ravishda Bosh konsulxona diplomatlari voqea joyiga safarbar etilganlar va vakolatli organlar bilan zarur tadbir va ishlarni (shaxsga aniqlik kiritish va hq.) olib borib, halok bo‘lganlarni jasadlarni Vatanga qaytarish ishlarini tashkil etishga qaratilgan choralar ko‘rilmoqda", -deyiladi rasmiy xabarda.

Kiritildi: 14:55 24.12.2024. O'qildi: 1609 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!