Agentlik bu haqda Ukraina Mudofaa vazirligi Bosh razvedka boshqarmasi (GUR) vakili Vadim Skibiskiyga tayanib xabar bermoqda.
Skibiskiyning ma’lum qilishicha, rossiyalik harbiylar Ukrainaga har kuni 200–250 ta aviabombalar uchirmoqda. Ukraina Mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, o‘tgan oyda kunlik o‘rtacha ko‘rsatkich taxminan 170 tani tashkil etgan.
"Ularni urib tushirish mumkin, ammo Rossiyada ishlab chiqarilayotgan aviabombalar soni juda katta", — deya qo‘shimcha qildi Skibiskiy.