Bugun 25 oktyabr, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Yaman Husiylariga Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujumlar uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini taqdim etgan

Rossiya Yaman Husiylariga Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujumlar uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini taqdim etgan

Rossiya Yaman Husiylariga Qizil dengizdagi tijorat kemalariga hujumlar uchun sun’iy yo‘ldosh ma’lumotlarini taqdim etgan. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Nashr bu haqda Yevropa mamlakatlari mudofaa vazirliklaridagi manbalariga tayanib xabar berdi.

Rossiya sun’iy yo‘ldoshlaridan olingan ma’lumotlar Husiylarga Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi orqali uzatilgani aytilmoqda. WSJ suhbatdoshlariga ko‘ra, bu ma’lumot Husylarga “hujumlar ko‘lamini kengaytirish” imkonini berdi.

Yaman Husiylari Qizil dengizdagi tijorat kemalariga 2023 yilning oxiridan hujum qila boshlagan. WSJ hisob-kitoblariga ko‘ra, ular jami 100 dan ortiq kemaga hujum qilgan, ikkitasini cho‘ktirgan va bir kemani qo‘lga olgan.

Kiritildi: Bugun 09:35. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!