Bugun 19 may, 2025 yil, dushanba

КИР

"Rossiya Xitoyning iqtisodiy vassali bo‘lib qolmoqda": Polsha tashqi ishlar vaziri Pekinni Ukrainadagi urushni tugatishga chaqirdi

"Rossiya Xitoyning iqtisodiy vassali bo‘lib qolmoqda": Polsha tashqi ishlar vaziri Pekinni Ukrainadagi urushni tugatishga chaqirdi

Polsha tashqi ishlar vaziri Radoslav Sikorskiyning fikricha, Xitoy Ukrainadagi urushni tugatish uchun Rossiyaga bosim o‘tkazishi mumkin.

"Urushni tugatib, Putinni o‘z o‘rniga qo‘yishi mumkin bo‘lgan davlat - Xitoy. Rossiya Xitoyning iqtisodiy vassali bo‘lib qolmoqda. Agar Xitoy savdo embargosi ​​bilan tahdid qilsa, Rossiya bunga bo‘ysunishga majbur bo‘lardi", - dedi Sikorski Tagesspiegel nashriga bergan intervyusida.


Shu bilan birga, Polsha TIV rahbarining so‘zlariga ko‘ra, Vladimir Putin “Ukrainada g‘alaba qozonishi mumkinligiga ishonchi komil”.

Rus va Ukraina delegasiyalari uch yil ichida ilk bor uchrashgan Istanbulda kecha ehtimoliy otashkesim bo‘yicha muzokaralar boshlandi. Biroq muzokaralarda na Vladimir Putin, na Vladimir Zelenskiy ishtirok etmadi.

Bugun Kreml Zelenskiy va Putinning shaxsiy uchrashuvi “agar ikki davlat delegasiyalari tomonidan ma’lum kelishuvlarga erishilsa” bo‘lishi mumkinligini ma’lum qildi. Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskovning aytishicha, Moskva bunday uchrashuvni mumkin deb hisoblaydi.

Kiritildi: 15:44 17.05.2025. O'qildi: 574 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!