Texnik jihatdan tartibga solish sohasida nazorat inspeksiyasi Toshkent shahar bo‘limi tomonidan “O‘rikzor” bozorida o‘tkazilgan nazorat xaridi davomida Rossiyada ishlab chiqarilgan “Eko nom” hamda Ukrainada ishlab chiqarilgan “Novator” rusumli suv hisoblagichlar aniqlanib, ular bo‘yicha tahlillar o‘tkazildi.
O‘tkazilgan tahlillar natijasiga ko‘ra, mazkur mahsulotlar amaldagi standart talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Natijada bunday nosoz hisoblagichlardan foydalanish:
• suv sarfini to‘g‘ri qayd yetmaslikka,
• suvdan foydalanish bo‘yicha statistik ma’lumotlarning buzilishiga,
• resurslarni rejalashtirishda xatoliklarga,
• iste’molchilar tomonidan suvni isrof qilish holatlariga olib kelishi mumkinligi qayd etildi.
Shu sababli Rossiya va Ukraina davlatlarida ishlab chiqarilgan mazkur suv hisoblagichlarni sotish va foydalanish taqiqlanadi.