Bugun 18 aprel, 2026 yil, shanba

КИР

Rossiya va Ukraina urushi 2030 yilgacha tugashi kerak – Belgiya Bosh shtabi boshlig‘i

Rossiya va Ukraina urushi 2030 yilgacha tugashi kerak – Belgiya Bosh shtabi boshlig‘i

Mamlakat Qurolli kuchlari Bosh shtabi boshlig‘i Frederik Vansina "Le Soir" nashriga bergan intervyusida Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush 2030 yilgacha yakunlanishi lozimligini ta’kidladi. Uning fikricha, urush tugaganidan keyin Yevropa Rossiyani tiyib turish uchun yetarlicha kuchli bo‘lishi shart.

"2030 yil Yevropa uchun og‘ir davr bo‘ladi. O‘sha vaqtga kelib Rossiya 650–700 ming nafar tajribali jangchilardan iborat armiyaga ega bo‘lib qoladi", — dedi Vansina.

Generalning so‘zlariga ko‘ra, Yevropa 2030 yilgacha hatto AQSh yordamisiz ham Putinga qarshi tura olishini isbotlashi kerak.

"Bizda hali bir necha yil vaqt bor. Kiyev o‘zining jasorati va qoni evaziga biz uchun mana shu vaqtni sotib olmoqda. Shu sababli ham biz ularni qat’iy qo‘llab-quvvatlayapmiz", — deya qo‘shimcha qildi Frederik Vansina.

Kiritildi: Bugun 09:12. O'qildi: 337 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!