Bugun 5 may, 2024 yil, yakshanba

КИР

Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashishdi

Rossiya va Ukraina navbatdagi harbiy asirlarni almashishdi

Moskva va Kiyev o‘rtasidagi yangi mahbus almashinuvi doirasida Ukraina 106 nafar harbiy xizmatchi – 98 askar va sakkiz zobitni vataniga qaytarishga muvaffaq bo‘ldi, deya ma’lum qildi Ukraina prezidenti devonining rahbari Andrey Yermak. Ularning barchasi Baxmut hududidagi janglarda asirga olingan. Ukraina bunga javoban qancha rossiyalik qaytgani haqida xabar berilmadi.

"Bu 106 kishining ko‘pchiligi haqida hech qanday ma’lumot yo‘q edi – ular bedarak yo‘qolgan deb hisoblangan. Lekin biz ularni topdik va uyga qaytardik. Har bir frontda turganlar yodda tutishlari kerak: biz qancha ko‘p rus harbiylarini asirga olsak, shuncha ko‘p xalqimizni qaytarishimiz mumkin bo‘ladi", — deya ta’kidladi Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy.

Rossiya tomonida mahbuslar almashinuvi faktini Ombudsman Tatyana Moskalkova tasdiqlab, buni "Vagner" xususi harbiy shirkati amalga oshirganini ma’lum qildi.

"Vagner" asoschisi Yevgeniy Prigojinning aytishicha, u harbiy asirlar bilan birgalikda Baxmutda binolardan biri qulashi oqibatida halok bo‘lgan amerikalik va turkning jasadlarini Ukrainaga qaytargan.

Kiritildi: 10:50 26.05.2023. O'qildi: 1070 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!