Bugun 22 oktyabr, 2025 yil, chorshanba

КИР

Rossiya va Ukraina hozircha tinchlik bitimini tuzishga tayyor emas — AQSh vise-prezidenti

Rossiya va Ukraina hozircha tinchlik bitimini tuzishga tayyor emas — AQSh vise-prezidenti

Jey Di Vens Donald Tramp Vladimir Putin bilan telefon orqali suhbatlashib, Budapeshtda u bilan uchrashishini e’lon qilganidan so‘ng, Newsmax nashriga bergan intervyusida bu haqda fikr bildirdi.

"AQSh prezidentining faol diplomatiyasi odamlarni bir-biriga qanchalik yaqinlashtirmasin, oxir-oqibat ikkala tomon ham kelishuvga tayyor bo‘lishi kerak. Ushbu muammoni hal qilish mumkin, biroq buning uchun ancha ko‘p mehnat talab etiladi", — dedi vise-prezident.

Vensning ta’kidlashicha, boj tariflari Rossiyaning xatti-harakatlariga sanksiyalarga qaraganda samaraliroq ta’sir ko‘rsatadi.

"Rossiya misolida, shubhasiz, ularni iqtisodiyotining asosiy harakatlantiruvchi kuchi Hindiston va Xitoyga sotayotgan neftidir", – deya qo‘shimcha qildi u.

Kiritildi: 18:15 17.10.2025. O'qildi: 740 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!