Bugun 1 may, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya va Eron quruqlikdagi gaz yo‘laklarini yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor

Rossiya va Eron quruqlikdagi gaz yo‘laklarini yaratish bo‘yicha ishlarni davom ettirishga tayyor

Muzokaralar chog‘ida Rossiya Bosh vaziri o‘rinbosari Aleksandr Novak va Eron neft vaziri Mohsen Paknejad Rossiyadan Eronga yangi quruqlikdagi gaz yo‘laklarini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Bu haqda Rossiya Federasiyasi Vazirlar Mahkamasi bayonotida aytiladi.

"Aleksandr Novak Rossiya YEOII va Eron o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishda yordam berishga tayyorligini ta’kidladi. Shuningdek, tomonlar Rossiyadan Eronga yangi quruqlikdagi gaz yo‘laklarini yaratish bo‘yicha qo‘shma loyihalar ustida ishlashni davom ettirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar", — deyiladi xabarda.

Rossiya Vazirlar Mahkamasi ma’lumotlariga ko‘ra, muzokaralar chog‘ida tomonlar OPEK+ kelishuvi va GESF platformasi doirasida mamlakatlarning muvaffaqiyatli o‘zaro hamkorligini ham qayd etgan.

"Eron Rossiyaning ishonchli strategik hamkori bo‘lib qolmoqda. Mamlakatlarimiz o‘rtasidagi munosabatlar hamkorlikning barcha asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha bosqichma-bosqich mustahkamlanib, kengayib bormoqda", — dedi A.Novak.

Uning ta’kidlashicha, joriy yilning yanvar oyida ikki davlat prezidentlari Rossiya-Eron hamkorligining strategik mohiyatini birinchi marta rasman mustahkamlagan yangi asosiy davlatlararo shartnomani imzoladilar. Bitim ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni, jumladan, yoqilg‘i-energetika sohasida yanada rivojlantirishning asosiy tamoyillarini belgilab beradi.

“Ishonchimiz komilki, Rossiya OPEK+ formatidagi o‘zaro hamkorlik doirasida global energiya bozorlarida muvozanatga erishishda barqarorlashtiruvchi rol o‘ynashda davom etadi”, - dedi M.Paknejad.

Kiritildi: 09:29 25.04.2025. O'qildi: 589 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!