Rossiya va Eron prezidentlari telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin mojaroni imkon qadar tezroq siyosiy-diplomatik yo‘l bilan hal etish tarafdori ekanini yana bir bor ta’kidlagan.
Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyon esa Rossiya tomonidan ko‘rsatilayotgan yordam, xususan, Eronga yuborilgan gumanitar yordam uchun minnatdorlik bildirgan.