"Bizda har doim teskari jarayon bo‘lib kelgan, biz NATOning kengayishining barcha to‘lqinlarini, NATOning harbiy infratuzilmasi Rossiya Federasiyasi chegaralariga yaqinlashishi bilan bog‘liq barcha qadamlarni bilamiz", dedi prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Dmitriy Peskovning ta’kidlashicha, “shuning uchun ham Rossiya qurolli kuchlari xavf tug‘diradi deyish mutlaqo noto‘g‘ri, mantiqsiz va butun jarayonga ziddir”.