Bugun 15 oktyabr, 2026 yil, payshanba

КИР

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha birinchi qadamni qo‘yishi kerak

Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha birinchi qadamni qo‘yishi kerak

Germaniya tashqi ishlar vaziri Yoxann Vadeful Rossiya Ukraina bilan o‘t ochishni qisman to‘xtatishga birinchi bo‘lib rozi bo‘lishi kerakligini aytdi. Bu haqda u Varshava xavfsizlik forumida ma’lum qildi.

“Bu urushni Ukraina boshlamagan. Shuning uchun birinchi qadamni Rossiya qo‘yishi kerak”, — dedi vazir.

Vadeful va Buyuk Britaniya tashqi ishlar vaziri Ed Milibend Rossiyaga qarshi sanksiyalarni kuchaytirish, shuningdek, energetika ob’ektlari va Qora dengizdagi hujumlarni to‘xtatish zarurligini ta’kidladi.

Vadeful Yevropa davlatlarini Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushi qanday yakunlanishi borasida umumiy pozisiyaga kelishga chaqirdi.

Kiritildi: 15:15 14.10.2026. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!