Bugun 23 may, 2025 yil, juma

КИР

Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi – Zelenskiy

Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi – Zelenskiy

Rossiya urushni davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqchi, dedi Vladimir Zelenskiy.

"Eng muhimi tinchlikka erishish yo‘lidagi diplomatik sa’y-harakatlar muvofiqlashtirilgan va real natijalarga qaratilgan bo‘lishi kerak. Aniqki, Rossiya urush va okkupasiyani davom ettirish uchun vaqtni cho‘zmoqda", — deb yozadi Ukraina prezidenti X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida.

Uning ta’kidlashicha, Kiyev Moskvaga bosim o‘tkazish va uni "o‘z xatti-harakatini o‘zgartirish"ga majburlash uchun hamkorlar bilan ish olib bormoqda.

"Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush muzokaralar stolida yakunlanishi kerak va bu jarayonda aniq va real takliflar zarur. Ukraina har qanday samarali muzokara formatiga tayyor. Agar Rossiya hali ham noreal shartlarni ilgari surishda va ehtimoliy natijalarga putur yetkazishda davom etsa, bu og‘ir oqibatlarga olib kelishi kerak", — deya qo‘shimcha qildi Zelenskiy.

Kiritildi: 09:06 21.05.2025. O'qildi: 513 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!