Bugun 19 iyun, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya universitetlari 500 nafar suriyalik abituriyentlarni byudjet asosida o‘qishga qabul qiladi

A A A
Rossiya universitetlari 500 nafar suriyalik abituriyentlarni byudjet asosida o‘qishga qabul qiladi

Rossiya universitetlari 2018 yilda 500 nafar suriyalik abituriyentlarni byudjet asosida o‘qishga qabul qiladi. Bu haqda jurnalist Vadim Zaychikov ma’lum qildi.

“Bir necha yil oldin suriyalik abituriyentlar uchun 200 ta joy ajratilgandi, o‘tgan yili esa bu ko‘rsatkich 455 taga yetdi. 2018 yilda esa 500 nafar suriyalik abituriyentlar byudjet asosida o‘qishga qabul qilinadi. Ayni paytda Suriyada urush holati yakunlangan va mamlakat iqtisodiyotini tiklash uchun kadrlar kerak. Biz yuqoridagi abituriyentlardan 50 nafar filolog va o‘qituvchi tayyorlashni rejalashtirganmiz. Ular Suriyaga qaytishadi va rus tilini o‘rgatishadi”, dedi Zaychikov.

Ma’lumot uchun, abituriyentlar ikki bosqichda saralab olinadi. Birinchi bosqichda maktabni yaxshi baholarga bitirgan abituriyentlar tanlab olinadi. Ikkinchi bosqichda esa ular suhbat orqali saralab olinadi. Ayni damda 2060 nafar ariza tushgan. Tanlab olingan talabalar Rossiyaning chet ellik abituriyentlarni qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan istalgan universitetda tahsil olish imkoniga ega bo‘lishadi.

Kiritildi: 02:35 26.05.2018. O'qildi: 1340 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!