Rossiya Ukrainaning Xarkov shahridagi turar joy binosiga zarba berdi, o‘nlab insonlar jabrlandi.
Ukraina rasmiylarining ma’lum qilishicha, 2 yanvar kuni kunduzgi payt Rossiya harbiylari Xarkovning Kiyev tumanidagi turar joy massiviga raketalar bilan hujum qilgan. Zarba ko‘p qavatli turar joy binosiga tekkan va 30 kishi jarohatlangan.
Ukraina prokuraturasi keltirgan dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujum ikki dona “Iskander” turidagi raketalar orqali amalga oshirilgan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Xarkovdagi turar joyga zarba berganini rad etdi. Vazirlik talqiniga ko‘ra, portlash episentri Xarkovdagi “Persona” savdo markazida bo‘lgan, u yerda Ukraina Qurolli kuchlariga tegishli o‘q-dorilar portlagan.