Bugun 3 yanvar, 2026 yil, shanba

КИР

Qodirov shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizildimi?

Qodirov shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizildimi?

Qodirov shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgan “Uni zo‘rg‘a o‘ziga keltirishdi”, deb yozmoqda OAV.

Checheniston rahbari Ramzan Qodirov 2025 yil 24 dekabrdan 25 dekabrga o‘tar kechasi Moskvada shoshilinch tarzda shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda unga yaqin manbaga tayanib, “Novaya gazeta. Yevropa” xabar berdi.

Nashr manbasining so‘zlariga ko‘ra, Qodirov Rossiya Prezidenti Vladimir Putin raisligida o‘tkazilishi kerak bo‘lgan Davlat kengashi yig‘ilishida ishtirok etish uchun poytaxtga borgan. Biroq uning sog‘lig‘i keskin yomonlashgan va u reanimobil orqali Rossiya Prezidenti ishlar boshqarmasiga qarashli Markaziy klinik shifoxonaga yetkazilgan. Bunday holat uchun zaxira reja ko‘zda tutilmagani sababli, Davlat kengashi Checheniston vakilisiz o‘tkazilgan.

Kiritildi: 22:12 02.01.2026. O'qildi: 630 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!