Manbalarga ko‘ra, voqea 12 dekabrda Xabarovskda sodir bo‘lgan. Kuchishlatar tuzilmalar vakillari kafelardan birini sababsiz bostirib kirib, u yerdagi o‘zbekistonliklarni ayovsiz kaltaklagan.
Natijada ikki fuqaro boshidan jiddiy jarohat olib komaga tushgan, ularning qo‘l-oyoqlari sindirilgan. Komaga tushganlardan biri bir necha kundan keyin vafot etgan. Yana bir o‘zbekistonlik hozirda shifoxonada og‘ir ahvolda davolanmoqda.
Marhum Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumani Jumavoy qishlog‘idan ekanligi aytilmoqda. Hozircha marhumning jasadi O‘zbekistonga olib kelinmagan.