AQSh Davlat departamenti Rossiyada bo‘lib turgan o‘z fuqarolarini imkon qadar tezroq mamlakatni tark etish haqida ogohlantirdi.
"O‘zboshimchalik bilan hibsga olinish xavfi, konsullik yordami cheklangani hamda bank kartalaridan foydalanish va pul o‘tkazmalarini qiyinlashtirayotgan sanksiyalar sababli amerikaliklarga Rossiyaga safarlardan voz kechish tavsiya etilmoqda", deyiladi departament xabarnomasida.