Xitoyning Xaykou shahri meri, ish faoliyati davomida yo‘l qo‘ygan korrupsiya holatlari uchun o‘lim jazosiga hukm qilindi.
Uning uyida 13,5 tonna oltin va 23 tonna naqd pul saqlanayotgan jamg‘armalar borligi aniqlangan. Xitoyda va xorijda elit ko‘chmas mulk, shuningdek, qimmatbaho avtomobillar to‘plami ham musodara qilindi. Tergovchilarning fikriga ko‘ra, bu 4,3 milliard dollarlik boylik 10 yil ichida (2009–2019) hukumat shartnomalari va yer bitimlari uchun pora berish orqali to‘plangan.
Sud uni hokimiyatni suiiste’mol qilish va o‘zlashtirishda aybdor deb topdi. Bu ish so‘nggi yillardagi eng shov-shuvli korrupsiyaga qarshi sud jarayonlaridan biriga aylandi.