Bugun 28 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya ukrainalik o‘lgan askarlarni Ukrainaga topshirdi

Rossiya ukrainalik o‘lgan askarlarni Ukrainaga topshirdi

Rossiya 1212 nafar halok bo‘lgan ukrainalik harbiylarning jasadlarini Ukraina tomoniga qaytardi.

Bu haqda Ukraina harbiy asirlari bilan muomala qilish bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi shtab ma’lum qildi.

Ular orasida Kursk, Xarkov, Lugansk, Donesk, Zaporojye va Xerson viloyatlarida jang qilgan harbiylar bor.

Dastlab harbiy xizmatchilarning jasadlari halok bo‘lganlarning shaxsini aniqlash uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud-tibbiy ekspertiza vakillariga topshiriladi.

Bugun brifingda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova Rossiya Ukrainaga o‘zining 6 ming askar va zobitlarining jasadlarini topshirish bo‘yicha Istanbul kelishuvini bajarishga to‘liq tayyor ekanligini ma’lum qildi.

Kiritildi: 15:50 11.06.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!