Bu haqda Germaniya Mudofaa vazirligining Ukrainaga yordamni muvofiqlashtirish boshqarmasi rahbari general-mayor Kristian Froyding ma’lum qildi.
Uning aytishicha, Moskva dron ishlab chiqarishni sezilarli darajada oshirmoqda, va bunday ommaviy hujumlar Ukraina havo mudofaasi tizimi uchun jiddiy sinov bo‘ladi. Generalning bahosiga ko‘ra, Ukrainaga dronlarga qarshi samarali vositalar kerak bo‘ladi.
Shuningdek, u Xitoy Ukrainaga dronlar uchun butlovchi qismlar yetkazib berishni to‘xtatgani va bu sohadagi eksportni to‘liq Rossiyaga yo‘naltirganini bildirdi.
"Masalan, Ukraina bir necha hafta oldin o‘z dronlari uchun Xitoydan ehtiyot qismlari olardi, o‘zining dron ishlab chiqarish zanjiri mavjud edi. Hozirda Xitoy dronlarini va ularning butlovchi qismlarini faqat Rossiyaga eksport qilmoqda. Biz buning natijasini Rossiyaning Ukrainaga hujumlarida ko‘ryapmiz", — deya qo‘shimcha qildi general Bundesverning YouTube kanalidagi intervyusida.