Bugun 25 may, 2026 yil, dushanba

КИР

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum!

O‘zbekiston terma jamoasining Jahon chempionati uchun yakuniy tarkibi ma’lum!

O‘zbekiston milliy terma jamoasining AQSH, Kanada va Meksika maydonlarida o‘tadigan Jahon chempionati uchun yakuniy qaydnomasi e’lon qilindi.

Fabio Kannavaro tarkibga 30 nafar futbolchini jalb qilgan. 26 nafar futbolchi asosiy qaydnomada, 4 futbolchi favqulodda vaziyatlar (jarohatlar yuzaga kelganda) uchun.

Darvozabonlar: O‘tkir Yusupov (“Navbahor”), Botirali Ergashev (“Neftchi”), Abduvohid Ne’matov (“Nasaf”).

Himoyachilar: Avazbek O‘lmasaliyev (OKMK), Jahongir O‘rozov (“Dinamo”), Rustam Ashurmatov (“Istiqlol”, Eron), Umar Eshmurodov (“Nasaf”), Abduqodir Husanov (“Manchester Siti”, Angliya), Abdulla Abdullayev (“Dibba”, BAA), Farruh Sayfiyev (“Neftchi”), Hojiakbar Alijonov (“Paxtakor”), Sherzod Nasrullayev (“Paxtakor”), Behruz Karimov (“Surxon”)

Yarim himoyachilar: Sherzod Esanov (“Buxoro”), Odil Hamrobekov (“Traktor”, Eron), Akmal Mozgovoy (“Paxtakor”), Otabek Shukurov (“Baniyas”, BAA), Jamshid Iskanderov (“Neftchi”), Jasur Jaloliddinov (“So‘g‘diyona”), Aziz G‘aniyev (“Al Batayeh”, BAA), Umarali Rahmonaliyev (Sabah, Ozarbayjon)

Hujumchilar: Abbos Fayzullayev (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya), Jaloliddin Masharipov (“Istiqlol”, Eron), Doston Hamdamov (“Paxtakor”), Oston O‘runov (“Persepolis”, Eron), Ruslan Jiyanov (“Navbahor”), Aziz Amonov (“Dinamo”), Sherzod Temirov (“Erbil”, Iroq), Igor Sergeev (“Persepolis”, Eron), Eldor Shomurodov (“Istanbul Bashakshehir”, Turkiya)

"Oq bo‘rilar" mundialdagi ilk o‘yinini 18-iyun tongida (07:00) Kolumbiyaga qarshi o‘tkazadi. Keyin Portugaliya (23-iyun, 22:00) va Kongo DRga (28-iyun, 04:30) qarshi bahslar rejalashtirilgan.

Kiritildi: 23:46 24.05.2026. O'qildi: 237 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!