AQSh Senatidagi Qurolli kuchlar bo‘yicha qo‘mita eshituvlarida NATO'ning Yevropadagi Birlashgan qo‘shinlari qo‘mondoni, amerikalik general Kristofer Kavoli Rossiya armiyasining Ukrainadagi yo‘qotishlari haqida ma’lum qildi.
General Kavolining so‘zlariga ko‘ra, Rossiya armiyasi janglarda 4000 dan ortiq tankni yo‘qotgan. Shu bilan birga, u Ukraina Qurolli kuchlari Qo‘shma Shtatlarning ko‘magiga katta ehtiyoj sezishini va uning yordamisiz zaiflashib qolishini ta’kidladi.
"Ayniqsa, Vashingtonning harbiy yordami tufayli ukrainalik harbiylar Rossiya raketalarini havoda qo‘lga olish imkoniyatiga ega. Shuningdek, AQShdan olinayotgan razvedka ma’lumotlari Ukraina armiyasiga Rossiya qo‘mondonlik punkti va logistika ob’ektlariga zarba berishda yordam beradi", — dedi general.