Bugun 24 avgust, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya Ukraina dronlarining hujumidan so‘ng Azov-Don kanalini va Kerch bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun vaqtincha yopdi

Rossiya Ukraina dronlarining hujumidan so‘ng Azov-Don kanalini va Kerch bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun vaqtincha yopdi

Rossiya Ukraina dronlarining hujumidan so‘ng Azov-Don kanalini va Kerch bo‘g‘ozini kemalar qatnovi uchun vaqtincha yopdi – Reuters.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya Chegara xizmati Don daryosini Azov dengizi bilan bog‘laydigan kanal orqali kemalar o‘tishi uchun arizalarni qabul qilishni to‘xtatgan. Cheklovlarning amal qilish muddati ochiqlanmagan.

Reuters suhbatdoshlaridan birining ta’kidlashicha, Kerch bo‘g‘ozi orqali kemalar harakati ham vaqtincha to‘xtatilgan.

Avvalroq Ukraina Qurolli Kuchlari dronlar yordamida Azov dengizida xalqaro sanksiyalar ostidagi Rossiya "yashirin floti" tarkibiga kiruvchi kamida 25 ta kema halokatga uchratilganini bayon qilgan edi. Rossiya rasmiylari buni rasman sharhlamadi, biroq hodisalarning bir qismi tasdiqlandi.

Hujumlar va kemalar harakatiga qo‘yilgan cheklovlar haqidagi xabarlardan so‘ng, "Euronext" birjasida bug‘doy narxi bir sutka ichida 4 foizdan ko‘proqqa oshdi.

Shu bilan birga, ushbu hududda Rossiya kemachiligiga berilayotgan zarbalar davom etmoqda. Ertalab Rostov viloyati gubernatori Slyusar Taganrog qo‘ltig‘ida dronlar yana to‘rtta turli maqsaddagi kemalarga, jumladan, metanol tashiyotgan tankerga hujum qilganini ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, texnik kema matrosi halok bo‘lgan.

Kiritildi: 20:33 11.07.2026. O'qildi: 1457 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!