Rossiya Adliya vazirligi uchta xorijiy tashkilotni nomuqobil tashkilotlar ro‘yxatiga qo‘shdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, ro‘yxatga Amerikadagi “Evraziyanet”, Shveysariyadagi “Rusland der Sukunft — Shvays” va Niderlandiyadagi “Nekst Level Inisiativs” tashkilotlari kiritilgan.
“Evraziyanet” — Yevrosiyo, xususan Janubiy Kavkaz va Markaziy Osiyodagi voqealarni yorituvchi ingliz va rus tillaridagi axborot portali hisoblanadi.
Ushbu nodavlat tashkilot Kolumbiya universitetida joylashgan bo‘lib, uning homiylari orasida “Gugl”, Jorj Sorosning Ochiq Jamiyat jamg‘armasi va boshqa tuzilmalar borligi aytilgan.
“Rusland der Sukunft — Shvays” esa Rossiya fuqarolari hamda Shveysariyadagi rus tilida so‘zlashuvchi aholi manfaatlarini himoya qilish bilan shug‘ullanadi.
Tashkilot turli mitinglar, konsertlar va boshqa tadbirlarni tashkil qilib keladi.