Bugun 22 iyul, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya tunda Ukrainaga 379 ta raketa va dronlar bilan hujum qildi — Ukraina Qurolli kuchlari

Rossiya tunda Ukrainaga 379 ta raketa va dronlar bilan hujum qildi — Ukraina Qurolli kuchlari

"19 iyulga o‘tar kechasi Ukrainaga 344 ta dron, 12 ta “Iskander-M/KN-23” ballistik raketasi, 8 ta “Iskander-K” qanotli raketasi va 15 ta X-101 qanotli raketasi bilan hujum uyushtirildi", deyiladi bayonotda.

Ukraina harbiylarining ma’lum qilishicha, jami 208 ta dron va raketa urib tushirilgan. Jumladan, 185 ta Shahed droni, 9 ta X-101 raketasi hamda 7 tadan "Iskander-M/KN-23" va "Iskander-K" raketasi yo‘q qilingan. Yana 7 ta raketa va 129 ta imitasion dron nishonga yetmib bormagan, ular “lokasiya bo‘yicha yo‘qolgan” yoki radioyelektron kurash vositalari bilan zararsizlantirilgan.

"5 ta raketa va 30 ta zarba beruvchi dron 12 ta joyga tushgani, shuningdek, urib tushirilgan raketa va dronlarlarni parchalari 7 ta hududga qulagani qayd etildi", deya bayonot berdi Ukraina harbiylari.

Kiritildi: 16:18 19.07.2025. O'qildi: 776 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!