Bugun 19 aprel, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya tomonida jang qilayotgan Xitoy fuqarolari yollanma askarlar hisoblanadi

Rossiya tomonida jang qilayotgan Xitoy fuqarolari yollanma askarlar hisoblanadi

Rossiya tomonida jang qilayotgan Xitoy fuqarolari yollanma askarlar hisoblanadi. Bu haqda Reuters xabar berdi.

Agentlikning amerikalik ikki amaldor va G‘arb razvedkasining sobiq xodimiga tayanib yozishicha, Ukrainaga qarshi urushda Rossiya armiyasi safida jang qilayotgan 100 dan ortiq Xitoy fuqarolari yollanma askarlar bo‘lib, ular Pekin bilan bevosita aloqalarga ega emas.

"Xitoy zobitlari jangovar harakatlar zonasiga Pekinning bilvosita roziligi bilan borgan bo‘lib, ular urushdan taktik saboqlar olish maqsadida yuborilgan", — deya fikr bildirdi sobiq razvedka hodimi.

Qo‘shma Shtatlarning Hind-Tinch okeani mintaqasidagi qurolli kuchlari qo‘mondoni Semyuel Paparo ham Ukraina sharqida ikki nafar xitoylik erkak ukrain harbiylari tomonidan qo‘lga olinganini tasdiqladi.

Avvalroq Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev Rossiya tomonida jang qilayotgan 155 nafar Xitoy fuqarosi haqida ma’lumotga ega ekanini aytgan edi. Pekin buni “mas’uliyatsiz bayonot” deb atab, Xitoy urushda ishtirok etmayotganini ta’kidladi.

AQSh rasmiylarining qayd etishicha, xitoylik jangchilar, ko‘rinishidan, kam tayyorgarlikka ega bo‘lib, Rossiyaning harbiy operasiyalariga sezilarli ta’sir ko‘rsatmayapti.

Kiritildi: 16:26 12.04.2025. O'qildi: 996 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!