Jahonning eng osoyishta va tinchliksevar davlatlari reytingi e’lon qilindi. Rossiya va Ukraina eng oxirgi o‘rinlarni egallagan.
Iqtisodiyot va tinchlik instituti o‘zining yillik Global tinchlik indeksi (GPI)ni e’lon qildi, unda Rossiya 163 mamlakat orasida oxirgi o‘rinni egalladi.
Tahlil jinoyatchilik darajasi, siyosiy barqarorlik, mojarolarga aralashish va harbiylashtirishni baholashni o‘z ichiga oldi.
Ukraina Rossiyadan avvalgi o‘rinni egalladi, 162-o‘rin. Sudan, Kongo Demokratik Respublikasi va Yaman ham eng past o‘rinlarni egalladi. Shu bilan birga, Islandiya, Irlandiya, Yangi Zelandiya, Avstriya, Shveysariya, Singapur, Portugaliya, Daniya, Sloveniya va Finlyandiya eng tinch mamlakatlarning o‘ntaligiga kirdi.
GPI hisobotiga ko‘ra, global tinchlik ketma-ket oltinchi yil davomida pasayib bormoqda. So‘nggi bir yil ichida 86 mamlakatda harbiy vaziyat yomonlashdi. YAIMda mudofaa xarajatlarining o‘rtacha ulushi 2,5 foizga o‘sib, 2010 yildan beri eng yuqori darajaga yetdi.