Rossiya tinchlikparvar kuchlari Tog‘li Qorabog‘dagi tinch aholi uchun 12 tonna gumanitar yuk yetkazdi.
Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
“Rossiya tinchlikparvar kontingenti harbiy xizmatchilari Stepanakertga Tog‘li Qorabog‘dagi tinch aholi uchun 12 tonna gumanitar yuk yetkazdi”, — deyiladi departament xabarida.
Qayd etilishicha, insonparvarlik yordami ro‘yxatiga oziq-ovqat, dori-darmon va asosiy ehtiyojlar kiritilgan.