Bugun 16 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Rossiya terma jamoalariga nisbatan munosabat yumshamoqda

Rossiya terma jamoalariga nisbatan munosabat yumshamoqda

UYEFA Ijroiya qo‘mitasining so‘nggi yig‘ilishida 2022 yilda rasmiy xalqaro musobaqalardan chetlashtirilgan Rossiya jamoalari masalasi muhokama qilindi.

Sport 24 xabariga ko‘ra, Skandinaviya davlatlarining Rossiya masalasidagi pozisiyasi kutilmaganda yumshab ketgan.

Masalan, Shvesiya, Finlyandiya va Norvegiya Rossiya yoshlari va ayollar terma jamoalarini turnirlarga qaytarishga rozi.

Shuningdek, Portugaliya, Ispaniya, Italiya, Shveysariya, Sloveniya, Slovakiya va Chexiya Rossiya jamoalarini qaytarish imkoniyatini muhokama qilishga tayyor.

Yana yettita davlat Rossiyaning Yevropa futboliga to‘liq qaytishi tarafdori: Bolgariya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina, Gresiya, Vengriya, Qozog‘iston va Ozarbayjon.

Kiritildi: 17:28 17.09.2025. O'qildi: 1130 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!