Bugun 16 oktyabr, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Kobulga tashrif buyurdi

Rossiya Tashqi razvedka xizmati rahbari Sergey Narishkin Kobulga tashrif buyurdi

Diplomat Kobulda "Tolibon" hukumatining Bosh razvedka boshqarmasi rahbari Abdulhaq Vasiq bilan uchrashdi, deb xabar bermoqda afg‘on OAV.

TOOS News nashrining Kobuldagi xabardor manbasi va BBC’ga tayanib xabar berishicha, tomonlar ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirish, razvedka ma’lumotlarini almashish va xavfsizlik sohasidagi hamkorlikni muhokama qilgan.

Shu bilan birga, muzokaralar tafsilotlari va safar maqsadlari hozircha oshkor etilmagan.

Hasht-e Subh nashrining qayd etishicha, tashrif haqida na Rossiya, na Afg‘oniston rasmiylari rasmiy bayonot bermagan.

Kiritildi: 03:40 15.10.2026. O'qildi: 746 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!