Bugun 31 mart, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: "Vashington va Moskvaning Ar-Riyoddagi muzokaralari ijobiy o‘tmoqda"

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi: "Vashington va Moskvaning Ar-Riyoddagi muzokaralari ijobiy o‘tmoqda"

Ar-Riyodda Rossiya-Amerika ekspert maslahatlashuvlari davom etmoqda, ular ijodiy tarzda o‘tkazilmoqda va qizg‘in pallada, ancha dolzarb masalalar bo‘yicha qiziqarli muhokamalar olib borilmoqda.

Bu haqda Rossiya delegasiyasi a’zosi, Federasiya Kengashi xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Grigoriy Karasin ma’lum qildi.

"Har bir muzokara qandaydir yirik hujjatlar va kelishuvlar bilan yakunlanishi shart emas. Doim aloqada bo‘lish va bir-birining nuqtai nazarini tushunish muhim. Bunga erishilmoqda", - dedi Karasin, qandaydir kelishuvlarga erishish mumkinmi, degan savolga javob berar ekan.

Ekspert muzokaralarida Karasindan tashqari Rossiya tomonidan FSB direktori maslahatchisi Sergey Beseda ham ishtirok etmoqda.

Kiritildi: 17:51 24.03.2025. O'qildi: 526 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!