Rossiya Ukraina bilan muzokaralar jarayonini davom ettirishga tayyor va uning ishchi guruhlar tuzish taklifiga javob kutmoqda.
Bu haqda Rossiya TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forumda "RIA Novosti" agentligiga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
"Siyosiy, harbiy va gumanitar masalalar bo‘yicha uchta ishchi guruh tuzish haqidagi Rossiya taklifiga Ukraina tomonining javobini kutmoqdamiz. Biz Ukraina bilan muzokara jarayonini davom ettirishga tayyormiz", — dedi Zaxarova.