Bugun 31 oktyabr, 2024 yil, payshanba

КИР

Rossiya tashkiloti FQBni sudga beradi

Rossiya tashkiloti FQBni sudga beradi

Internet kommunikasiyalari sohasida faoliyat yurituvchi “Dialog” avtonom notijorat tashkiloti AQShning Federal qidiruv byurosini soxta ma’lumot tarqatgani uchun sudga beradi.

“Internetda tarqatilayotgan feyklarni rad etish bizning vazifalarimizdan biridir. Aslida biz xalqaro miqyosda ishlashni rejalashtirmagan edik, lekin ushbu vaziyat bizni majbur qildi. Biz rad etadigan birinchi feyk – bu bizning o‘zimiz haqidagi yolg‘on bo‘ladi. Ha, biz aynan FQB bilan aynan AQShda sudlashamiz”, - dedi “Dialog” bosh direktori Vladimir Tabak.

4 sentyabr kuni AQSh G‘aznachilik va Adliya vazirligi FQB ma’lumotlari asosida “Dialog”ni yolg‘on ma’lumot tarqatishda ayblagan edi.

Kiritildi: Bugun 16:22. O'qildi: 408 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!