Bugun 12 iyun, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya sudi “Tolibon”ni tanqid qilganlik uchun ilk bor jarima belgiladi

Rossiya sudi “Tolibon”ni tanqid qilganlik uchun ilk bor jarima belgiladi


“Meduza” nashrining xabar berishicha, Rossiyaning Rostov-Don shahri, Oktyabrskiy tumani sudi bir erkakni ma’muriy javobgarlikka tortdi. U “VKontakte” ijtimoiy tarmog‘ida “Tolibon” haqidagi post ostida haqoratli izoh qoldirgan. Sud buni “nafrat uyg‘otish” deb baholadi.

“Ostorojno, novosti” Telegram kanalining yozishicha, bu shaxs 19 yoshli Yegor A. hisoblanadi. “VKontakte” tarmog‘idagi postda "Afg‘onistondagi “Tolibon” Rossiyani anor, mayiz, Coca-Cola, gilamlar va paxta bilan to‘ldiradi", deb yozilgan edi. Yegor A. uning ostiga:

"G‘orliklarning Rossiyada nima ishi bor?", degan mazmunda haqoratli izoh yozgan.

Sud ushbu izohni Rossiya va Afg‘oniston xalqlari o‘rtasida nafrat yoki adovat uyg‘otadi deb topdi. Shuningdek, Yegor A. migrantlar haqida yozgan yana ikkita izohi uchun ham ayblandi. Sud qarorida aytilishicha, sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lgan va pushaymonligini bildirgan. Unga 10 ming rubl miqdorida jarima solindi.

2021 yilda Afg‘onistonda hokimiyatga kelgan “Tolibon” harakati Rossiyada taqiqlangan va terroristik tashkilotlar ro‘yxatiga kiritilgan edi. Biroq 2024 yil dekabr oyida Rossiya Davlat Dumasi uni ushbu ro‘yxatdan chiqarish to‘g‘risida qonun qabul qildi. 2025 yil aprel oyida esa Rossiya Oliy sudi “Tolibon”ni terroristik tashkilotlar ro‘yxatidan butunlay chiqardi.

Kiritildi: 22:46 11.06.2026. O'qildi: 253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!