Bugun 4 oktyabr, 2026 yil, yakshanba

КИР

Rossiya qo‘shinlari sentyabrda hudud egallamagan, aksincha yo‘qotishlarga uchragan

Rossiya qo‘shinlari sentyabrda hudud egallamagan, aksincha yo‘qotishlarga uchragan

AQShning Urushni o‘rganish instituti (ISW) Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Ukrainadagi Rossiya qo‘shinlarining sentyabr oyidagi ilgarilashi haqidagi bayonotlarini rad etdi.

ISW hisob-kitoblariga ko‘ra, Rossiya kuchlari sentyabr oyida 1 301 kvadrat kilometr hududni egallamagan. Aksincha, Rossiya qo‘shinlarining sof hududiy yo‘qotishlari 80,81 kvadrat kilometrni tashkil etgan. Rossiya harbiylarining vaqtincha kirib, keyinchalik nazoratni o‘rnata olmagan hududlari ham hisobga olinsa, yo‘qotishlar 175,18 kvadrat kilometrga yetgan.

Putin 1 oktyabr kuni «Valday» xalqaro munozara klubida Rossiya qo‘shinlari so‘nggi bir oyda avvalgi oyga qaraganda 3,5 baravar ko‘proq hududni egallaganini bildirgan edi.

ISW ekspertlari esa Rossiya qo‘shinlarining front bo‘ylab jadal ilgarilayotgani haqidagi bunday bayonotlar real vaziyatni aks ettirmasligini ta’kidlagan. Institut, shuningdek, Putin keltirayotgan raqamlarning qanchalik asosli ekanini aniq baholash qiyinligini qayd etgan.

ISW ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya hozir Donesk viloyatining qariyb 81 foizini nazorat qilmoqda. Putin esa bu ko‘rsatkich 89 foiz ekanini aytgan.

Kiritildi: Bugun 10:50. O'qildi: 304 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!