Bugun 21 avgust, 2025 yil, payshanba

КИР

Rossiya Ozarboyjonning Ukrainadagi neft bazasiga zarba berdi

Rossiya Ozarboyjonning Ukrainadagi neft bazasiga zarba berdi

Rossiya armiyasi 18 avgustga o‘tar kechasi Odessa oblastda joylashgan Ozarboyjonning SOCAR kompaniyasiga tegishli neft bazasiga hujum uyushtirdi.

Minval xabariga ko‘ra, Shahed turkumidagi dron zarbalari katta yong‘inga sabab bo‘lgan. Natijada bazadagi barcha 17 ta rezervuar, nasos stansiyasi, texnik inshootlar, operatorlik va tarozi xonalari zarar ko‘rdi. Neft omborining umumiy sig‘imi 16 ming metr kubdan ortiq ekani ma’lum qilindi.

Hozirda hodisa yuzasidan ekspertiza tayinlangan va yetkazilgan zarar miqdori hisoblanmoqda. Bu Ozarboyjonga tegishli neft bazasiga qaratilgan ikkinchi hujumdir. Rossiya 8 avgust kuni ham ushbu ob’ektga 10 ga yaqin dron yo‘llab, yong‘inga sababchi bo‘lgan, dizel quvuriga zarar yetkazgan edi.

Ozarboyjon prezidenti Ilhom Aliyev Rossiyani mamlakat ob’ektlariga «maqsadli zarba berish»da ayblab chiqqandi. Undan ikki kun oldin, 6 avgust kuni esa Rossiya dronlari Odessadagi «Orlovka» gaz kompressor stansiyasiga zarba bergan. Ushbu inshoot orqali Ozarboyjon Ukrainaga gaz yetkazib beradi.

Kuzatuvchilarning fikricha, agar Moskva «tahlikali siyosat»ni davom ettirsa, Ozarboyjon Ukrainaga qo‘yilgan qurol-aslaha embargosini bekor qilishi mumkin. SOCAR iyul oyi oxirida «Naftogaz» bilan gaz yetkazib berish bo‘yicha ilk shartnomani imzolagani eslatib o‘tildi.

Kiritildi: 16:55 18.08.2025. O'qildi: 954 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!