Bugun 8 may, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya otashkesim sulhi 8 maydan 10 mayga qadar amal qilishini ma’lum qildi

Rossiya otashkesim sulhi 8 maydan 10 mayga qadar amal qilishini ma’lum qildi

Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotiga ko‘ra, sulh vaqtida Rossiya qo‘shinlarining barcha guruhlari jangovar harakatlarni to‘liq to‘xtatadi, shuningdek, Ukraina hududlariga zarba bermaydi. Vazirlik Ukrainani ham ushbu sulhga rioya qilishga chaqirdi.

Shu bilan birga, Rossiya Mudofaa vazirligi agar Ukraina Moskvadagi 9 may bayrami tantanalarini buzishga urinsa, Kiyevga keng ko‘lamli zarba berilishi bilan yana bir bor tahdid qildi.

Bundan tashqari, Rossiya qo‘shinlari Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan frontda sulh tartibi buzilsa yoki Rossiya shaharlariga zarbalar berilsa, “munosib javob” qaytarishini bildirdi.

Kiritildi: Bugun 08:50. O'qildi: 232 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!