Bugun 24 may, 2025 yil, shanba

КИР

Rossiya neft narxining "shiftiga" qanday javob berishi mumkin?

Rossiya neft narxining "shiftiga" qanday javob berishi mumkin?

Uzoq muddatli istiqbolda rublni qadrsizlanishi ehtimoldan xoli emas, biroq hukumat keskin harakatlardan qochishga harakat qiladi. Shunday ekan, neft narxining yuqori chegarasining pasaytirilishi Rossiya rubliga bosimni kuchaytirishi mumkin, chunki eksportdan tushadigan dollar tushumlari kamayadi. Biroq bu holatda Rossiya Markaziy banki valyuta zaxiralaridan foydalanish yoki foiz stavkalarini tartibga solish orqali vaziyatga aralashishi mumkin. Shu bilan birga, eksportning “soya” (yashirin) sxemalari kengayishi ehtimoli ham mavjud, bu esa yo‘qotishlarni qisman qoplashga yordam berishi mumkin.

— G‘arb tomonidan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan bu cheklovga Rossiya qanday javob berishi mumkin?

— Kutilishicha, Rossiya sanksiyalarni qo‘llab-quvvatlamaydigan davlatlar orqali aylanma yo‘llarni izlashda davom etadi — masalan, Hindiston, Xitoy, BAA orqali qayta eksport (neftga boshqa yorliq qo‘yish orqali). Shu bilan birga, G‘arb sug‘urtasiga ega bo‘lmagan “kulrang” flot (tankerlardan iborat yashirin flotiya) orqali yetkazib berish hajmi ortadi.

Shuningdek, hisob-kitob valyutasini o‘zgartirish samarali choraga aylanishi mumkin: ya’ni yevro va dollarga qaramlikni kamaytirish uchun yuan, rupi, dirham va kriptovalyutalardan kengroq foydalanish. Bunga qo‘shimcha ravishda, neft qazib olish hajmini kamaytirish orqali OPEK+ bilan hamkorlikda taklifni qisqartirish va narxlarni qo‘llab-quvvatlash chorasi ham qo‘llanilishi mumkin — hatto bozor ulushidan voz kechish evaziga bo‘lsa ham.

Yana bir qator mumkin bo‘lgan choralar qatoriga G‘arb kompaniyalariga qarshi qonunchilik choralari, aktivlarni milliylashtirish yoki ichki iqtisodiy siyosatda o‘zgarishlar, masalan, neft sanoati uchun subsidiya ajratilishi kiradi. Siyosiy javob choralari ham istisno emas — masalan, “noto‘g‘ri munosabatdagi” davlatlarga energetik mahsulotlar eksportini cheklash (xuddi gaz bo‘yicha bo‘lgani kabi).

— Vaziyatning yanada rivojlanishini qanday prognoz qilish mumkin?

Rossiya uchun: byudjet tanqisligi kuchayadi, biroq soliq sohasidagi manevrlar va Osiyo bilan hamkorlik orqali moslashuv jarayoni kechadi. Rubl kursi dollarga nisbatan 95–100 atrofida bo‘lishi mumkin.

Neft bozori uchun: agar OPEK+ ishlab chiqarish kvotalarini oshirmasa, Brent markali neft narxi $75–85 oralig‘ida saqlanib turadi. Rossiya nefti uchun belgilangan $50 narxiyu chegarasi G‘arb davlatlarining ramziy ishorasiga aylanadi, chunki amaldagi real bitimlarda Rossiya nefti allaqachon bu narxdan past sotilmoqda.

Bunday holatdagi xavf-xatarlar qatoriga yangi sanksiyalar bosqichining boshlanishi, masalan, neft mahsulotlari eksportiga to‘liq taqiq, shuningdek, narx chegarasini aylanib o‘tishning Osiyo treyderlari orqali amalga oshirilishiga nisbatan nazoratning kuchaytirilishi kiradi.



Kiritildi: 13:50 22.05.2025. O'qildi: 654 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!