Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Rossiya muzokarachilari Odessa va Xarkovga berilgan zarbalar uchun "shaxsiy tartibda" uzr so‘ragan

Rossiya muzokarachilari Odessa va Xarkovga berilgan zarbalar uchun "shaxsiy tartibda" uzr so‘ragan

Rossiya muzokarachilari Odessa va Xarkovga berilgan zarbalar uchun "shaxsiy tartibda" uzr so‘ragan — The New York Times.

Ukraina prezidenti ofisining nomi sir qolishini so‘ragan maslahatchisi nashrga, 23–24 yanvar kunlari Abu-Dabida Rossiya muzokarachilari bilan uchrashuvda Ukraina zarbalarni to‘xtatish bo‘yicha tanaffus so‘raganini bildirgan. Uning aytishicha, Rossiya tomoni bunga yozma shaklda emas, og‘zaki ravishda rozi bo‘lgan.

Shuningdek, 27 yanvar kuni Odessa va Xarkovdagi yo‘lovchi poyezdiga zarba berilganidan so‘ng Rossiya muzokarachilari Ukraina rasmiylaridan "shaxsiy tartibda" uzr so‘ragan.

Ular bu holatni barcha rus harbiy bo‘linmalari o‘q uzishni to‘xtatish bo‘yicha ko‘rsatma olmagani bilan izohlagan.

Odessaga berilgan zarba oqibatida 4 kishi halok bo‘lgan va 30 dan ortiq odam jarohatlangandi. Shu kuni Xarkov viloyatida poyezdga berilgan dron zarbasi tufayli kamida 5 kishi halok bo‘lgandi.

Kiritildi: Bugun 18:31. O'qildi: 456 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!