Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh zararlangan hasharotlarni tarqatish uchun uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaradi

Rossiya Mudofaa vazirligi: AQSh zararlangan hasharotlarni tarqatish uchun uchuvchisiz samolyot ishlab chiqaradi

Rossiya Qurolli kuchlarining radiasiyaviy, kimyoviy va biologik mudofaa qo‘shinlari boshlig‘i general-leytenant Igor Kirillovning ma’lum qilishicha, Qo‘shma Shtatlar zararlangan hasharotlarni havoga tarqatish uchun konteynerli uchuvchisiz uchoqni ishlab chiqqan.

Uning so‘zlariga ko‘ra, havoda zararlangan hasharotlarni tarqatuvchi uchuvchisiz uchish apparati uchun AQSh Patent va savdo belgilari agentligi tomonidan berilgan 8967029-sonli hujjat mavjud.

Patent tavsifida aytilishicha, ushbu qurilma AQSh harbiy xizmatchilari uchun xavf tug‘dirmasdan dushman qo‘shinlarini yo‘q qilish yoki o‘chirishga yordam beradi.

“Ma’lumki, AQSh qonunchiligiga ko‘ra, haqiqiy hayotda ishlatiladigan qurilma bo‘lmaganida AQSh patenti berilmaydi. Shunday qilib, biz konteyner biologik vositalarni yetkazib berish vositasi sifatida ishlab chiqilgan va ishlab chiqarilgan degan xulosaga kelishimiz mumkin", dedi RKxB3 qo‘shinlari rahbari.

Avvalroq Kirillov mamlakat chegaralari yaqinida Pentagon tomonidan nazorat qilinadigan 50 dan ortiq biolaboratoriyalar mavjudligini aytgan edi.

Kiritildi: 22:12 03.09.2022. O'qildi: 4538 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!