Bugun 17 noyabr, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

A A A
Rossiya mudofaa vaziri O‘zbekistonga keldi

Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri Sergey Shoygu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik, shuningdek, Rossiya – O‘zbekiston o‘rtasidagi hamkorlik masalalarini muhokama qilish maqsadida kecha Toshkentga keldi. Bu haqida mazkur vazirlik matbuot xizmati boshlig‘i Rossiyana Markovskaya xabar berdi.

“Xalq so‘zi” gazetasi rasmiy saytining xabar berishicha, Rossiya Federasiyasi mudofaa vaziri, armiya generali Sergey Shoygu O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan bordi. Dasturga muvofiq RF mudofaa vaziri O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi, shuningdek, respublika Mudofaa vaziri, general-mayor Abdusalom Azizov bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazadi”, - deydi u.

R.Markovskaya muzokaralar davomida xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik muammolari, ikki tomonlama harbiy va harbiy-texnik hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilinishini qayd etib o‘tgan.

Kiritildi: 00:27 22.05.2018. O'qildi: 1330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik