Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Rossiya migrantlarni nazorat qilish uchun migrantlarga telefon sotib olish majburiy bo‘ladi

Rossiya migrantlarni nazorat qilish uchun migrantlarga telefon sotib olish majburiy bo‘ladi

Rossiyaga borayotgan migrantlar mobil telefon sotib olishga majbur bo‘ladi. Bu haqda Rossiya ichki ishlar vaziri o‘rinbosari va davlat kotibi Igor Zubov Federasiya Kengashining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi yig‘ilishida ma’lum qildi.

"Barchani kelajakda nimalar bo‘lishi qiziqtirmoqda. Bu yerga keladigan har bir muhojir, ayniqsa, ishlash uchun yoki uzoq muddatga kelayotganlar ro‘yxatdan o‘tish vaqtida telefon sotib olishi shart bo‘ladi. Telefonda ularning elektron profili joylashadi. Biz har bir muhojirning qayerda ekanini bilib turamiz. Ular bir aholi punktidan boshqasiga nazorasiz ko‘cha olmaydi yoki yashash joyini o‘zgartira olmaydi. Bu tizimning asosi bo‘ladi", — deb tushuntirdi Zubov.

Ma’lumot o‘rnida, 2025 yil 1 sentyabrdan boshlab Moskva viloyatida “Amina” mobil ilovasi sinovdan o‘tkazila boshlandi. Ilova Ichki ishlar vazirligiga migrantlarning geolokasiyasini kuzatib borish imkonini beradi. Rossiyaga vizasiz kelgan voyaga yetgan barcha muhojirlar uchun undan foydalanish majburiydir.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, dekabr oyi o‘rtalariga kelib 139 mingdan ortiq kishi migrasiya ro‘yxatidan chiqarilgan. Bunga “Amina” ilovasida ularning geolokasiya ma’lumotlari bo‘lmagani sabab bo‘lgan. Agar migrantning qayerda ekani haqidagi ma’lumot tizimga uch ish kunidan ko‘proq vaqt davomida kiritilmasa, u ro‘yxatdan o‘chiriladi.

Kiritildi: 09:55 16.07.2026. O'qildi: 1218 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!