III O‘zbekiston–Rossiya mediaforumi ishtirokchilari Toshkentdagi Islom sivilizasiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Rossiya Federasiyasi Prezidenti Administrasiyasining strategik sheriklik va hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Vadim Titov markaz haqida shunday dedi:
“Bu haqiqatan ham noyob muzey, fan va madaniyatning betakror maskanidir. Markaz dunyoning turli nuqtalaridan kelayotgan insonlarni o‘ziga jalb etadigan joyga aylanmoqda. O‘zbekistonning ilm-fan, san’at va madaniyat sohalaridagi boy merosi jahon sivilizasiyasi xazinasini yanada boyitadi”.