Bugun 7 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Rossiya Kommunistik partiyasi Stalin shaxsiga sig‘inishning yo‘q qilinishini qoraladi

A A A
Rossiya Kommunistik partiyasi Stalin shaxsiga sig‘inishning yo‘q qilinishini qoraladi

Bu haqda “Interfaks” nashri xabar bermoqda.

Sobiq Sovet Ittifoqining o‘sha paytdagi rahbari Nikita Xrushchyovning 1956 yilda KPSS 20-s’ezdida Stalin shaxsiga sig‘inishni qoralash haqidagi ma’ruzasi rus kommunistlari tomonidan "xato va noxolis" deb tan olindi. Ushbu ma’ruzada Stalin tuzumining bir qator jinoyatlari sanab o‘tilgan va ular “bir kishining irodasi” bilan sodir etilgani qayd etilgan.

Qayd etish joizki, aynan Xrushchyovning ma’ruzasidan so‘ng GULAG lagerlaridan millionlab siyosiy mahbuslarni ozod qilish jarayoni faollashgan.

"Rossiya Kommunistik partiyasi (KPRF) rezolyusiyasida Xrushchyovning ma’ruzasida “Stalinga qarshi soxtalashtirilgan faktlar va yolg‘on ayblovlar borligi, uning davlat va partiya faoliyati haqidagi haqiqat buzib ko‘rsatilgani” aytiladi", deb yozadi “Interfaks” agentligi rezolyusiya matniga tayanib.

KPRF, shuningdek, Volgograd shahri nomini Stalingradga, Volgograd viloyati nomini esa Stalingrad viloyatiga o‘zgartirishni taklif qildi. Aprel oyida Volgograd aeroporti “Stalingrad” deb o‘zgartirilgan edi.

So‘nggi yillarda Rossiyaning o‘nlab shaharlarida Stalin haykallari paydo bo‘ldi. May oyida Moskva metrosida sovet diktatori aks etgan haykaltaroshlik kompozisiyasi ochildi. Ayni paytda Rossiyada Stalin qatag‘onlari qurbonlariga bag‘ishpangan yodgorliklar vayron qilinmoqda.

Kiritildi: 21:05 06.07.2025. O'qildi: 814 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!