Bugun 27 iyul, 2026 yil, dushanba

КИР

Rossiya Kiyevga raketa zarbalari berdi. Shaharda yong‘inlar chiqdi

Rossiya Kiyevga raketa zarbalari berdi. Shaharda yong‘inlar chiqdi

Rossiya qo‘shinlari Ukraina poytaxtiga raketa zarbasini berdi, deb xabar qildi mahalliy rasmiylar va mamlakat Davlat favqulodda vaziyatlar xizmati. Hujum oqibatida bir mahalliy ayol halok bo‘ldi, ikki kishi jarohatlandi.

Svyatoshinskiy va Desnyanskiy tumanlarida ma’muriy bino, omborxonalar va garaj kooperativida yong‘inlar sodir bo‘ldi. Desnyanskiy tumanida — omborxona binolarida yong‘in chiqqan.

Rossiya Mudofaa vazirligi Kiyevga berilgan zarba "Kiyev rejimining Rossiyadagi fuqarolik infratuzilmasiga qilgan hujumlariga javoban" amalga oshirilganini ma’lum qildi. Hujumdan ko‘zlangan maqsad dronlarni yig‘ish sexi va "Flamingo" raketalari uchun butlovchi qismlar ishlab chiqariladigan "Samsung-Ukraina" zavodi bo‘lgani aytilmoqda.

Kiritildi: 15:02 08.07.2026. O'qildi: 2211 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!