“Ikkinchi jahon urushi davrida Xolokostga duch kelgan yahudiy xalqi endi falastinliklarni gettolarga joylashtirishi va ularni butunlay yo‘q qilishga intilishi mumkinligiga ishonish qiyin”, dedi Rossiyaning BMTdagi doimiy vakilining birinchi o‘rinbosari Dmitriy Polyanskiy Xavfsizlik kengashining favqulodda yig‘ilishida Isroilning G‘azo ustidan to‘liq nazorat o‘rnatish haqidagi qarorini izohlar ekan.
BMT yig‘ilishiga parallel ravishda Isroilning o‘zida o‘n minglab fuqarolar Bosh vazir Netanyaxuning rejalariga norozilik bildirishdi.
Ayni damda bu yil boshidan buyon mamlakatdagi eng yirik norozilik namoyishlari bo‘ldi – tashkilotchilarga ko‘ra, ularda 100 mingdan ortiq odam qatnashgan.